Hikoya, Qissa
Erka qizning qismati
- Muallif
- Hotamov Abdusattor
- O'quvchi
- Murodova Muslima
- Treklar
- 8
Erka qizning qismati to'plamiga muallifning turli yillarda yozilgan qissa va hikoyalari jamlangan. Asarlarda hayotning turli qatlamlaridan bo'lgan insonlar taqdiri, ularning fe'l-atvori va ichki kechinmalari tasvirlanadi. Yozuvchi qahramonlarni faqat yaxshi yoki yomon sifatida emas, balki o'ziga xos fazilat va kamchiliklari bilan ko'rsatishga intiladi. To'plamdan o'rin olgan bolalar haqidagi hikoyalar inson qalbidagi beg'uborlik, samimiyat va pok tuyg'ular haqida o'ylashga undaydi. Asarlar o'quvchini bolalikdagi ezgulik va sof hislarni nega ulg'aygan sari yo'qotib borishimiz haqida mushohada yuritishga chorlaydi. Har bir hikoya hayot, insoniylik va taqdir haqidagi savollarni o'rtaga tashlaydi, javob topishni esa kitobxonning o'ziga qoldiradi.