Hikoya
Tanlangan hikoyalar
- Muallif
- Qahhor Abdulla
- O'quvchi
- Atajonov Davron
- Treklar
- 16
Abdulla Qahhor ijodida hajman katta bo'lmagan, ammo keng qamrovli hikoyalari alohida o'rin tutadi. Uning har bir hikoyasi ta'sirchanligi, tasvirning rangli va ayni paytda hayotiyligi, o'tkir hamda tesha tegmagan iboralari bilan o'ziga xos. Ushbu kitobda yozuvchining sara hikoyalari jamlandi. Aksar hikoyalarda odamlar orasida uchrab turadigan illatlar, o'tmishda hukm surgan ijtimoiy adolatsizlik, o'sha davrdagi ayrim amaldorlarning kirdikorlari ba'zan hajv yo'li bilan, ba'zan esa o'quvchi qalbini larzaga solarli voqealar asosida tasvirlangan. Kishilarning dard-u quvonchlari, orzu-armonlari umuman, hayotning og'riqli nuqtalarini teran nigohi ila tasvirlagan yozuvchi asarlarini o'qib, aniqki, so'z qudratiga yana bir bor tasanno aytasiz.