Roman
Urush
- Muallif
- Nurmurodov Abdurashid
- O'quvchi
- Mirzayev Ahmadjon
- Treklar
- 41
Urush mavzusiga bag'ishlab yozilgan asarlar juda ko'p. Ulardagi voqealarni o'qib qalbimiz og'rigan, ko'zimizga yosh kelgan lahzalar ham oz emas. Qo'lingizdagi kitob esa boshqa asarlarda bayon qilingan voqealarning birortasini takrorlamaydi. Muallif kitobxon qalbiga yo'l topishning o'ziga xos usulini tanlagan: u qahramonlarni o'quvchi bilan yuzlashtiradi. Muallif ushbu asari haqida shunday deydi: Kitob qahramonlari mening qadrdon, jon-u jigarimga aylangan insonlardir. Shu yillar davomida ularning xonadonlarida mehmon bo'lib, o'nlab yillar ortda qolib ketgan kunlari va armonlarini tingladim. Har bir uchrashuvdan so'ng yuragimda chandiqlar qoldi. Bugun ularning safi juda ko'p, ammo menga o'tmishni so'zlab bergan jon-u jigarlarimning birortasi ham oramizda yo'q. Ularsiz bu xotiralar menga og'irlik qilmoqda... Bu kitob o'quvchini tinchlikning qadriga yetishga, o'tayotgan har bir osoyishta kun, fayzli dasturxon va yaqinlarimizning sog'-omon yonimizda ekanligi uchun Yaratganga qayta-qayta shukrona aytishga undaydi. Sizni ushbu ta'sirchan xotiralar kitobini mutolaa qilishga chorlaymiz.